Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“OʻZKIMYOSANOAT” AJ RASMIY BAYONOTI

// 31 May 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (172.87 KB)

30-may kuni Nuz.uz va Upl.uz veb-saytlarida “Qizilqum fosforit kompleksi” kimga tegishli? sarlavhasi ostidagi maqolalar eʼlon qilindi. Mavzu yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati sohasida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-fevraldagi 77-son qarori qabul qilingan boʻlib, mazkur qaror asosida 2022-yil 10-mart sanasidan “Olmaliq KMK” AJ tarkibidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan holda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga oʻtkazilgan. 

Hozirda ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini taʼminlash, mavjud quvvatlardan toʻliq foydalanish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, korxona faoliyatini yanada kengaytirish va ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish maqsadida xorijiy hamkorlar hamda investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, mavzuga oid aniq, batafsil maʼlumotlarga ega boʻlmay turib, jamoatchilik orasida tushunmovchilik va muhokamalarga sabab boʻladigan fikrlarni bayon qilishdan oldin “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmatiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq boʻlishini, shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ OAV va blogerlar uchun doim ochiqligini yana bir bor eslatib oʻtamiz.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati