Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Karbamid nima?

// 12 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (227.99 KB)

Karbamid- GOST 2081-2010  - "B"- markali - H2N-CO-NH2. - Uglerod, azot, kislorod va vodoroddan tashkil topgan organik birikma. Oq kristall, kichik shar koʻrinishida boʻladi. Suvda tez eriydi va hidsiz boʻladi. Tarkibidagi amid shaklidagi azot miqdori 46,2%ni tashkil etadi. Karbamiddan nafaqat qishloq xoʻjaligida, balki xom ashyo sifatida sanoatning koʻplab sohalarida, tibbiyotda, kosmetik vositalarni ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. 

Karbamid turli xildagi tuproq va oʻsimliklarga mos tushuvchi universal va xavfsiz mineral oʻgʻit. Uni saqlash, undan foydalanish qulay, tuproqqa ham zarari kam. Tarkibida azot moddasi koʻp. 

Afzalliklari: 

-qishloq xo'jaligi ekinlarining faol o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi

-tabiiy massaning o'sishini tezlashtiradi va ildiz tizimini normallantiradi; 

-zararkunandalar va noqulay ob-havoga chidamliligini rivojlantiradi; 

-erta bahorda gullashni kechiktiradi, ya’ni sovuqda gullarning nobud bo’lish ehtimolini kamaytiradi; 

-transplantatsiya, sovuq va boshqa salbiy ob-havo sharoitlariga chidamlilikni oshiradi; 

-ozuqaviy komponentlar hajmini oshiradi; 

-hosilning ta'm parametrlarini yaxshilaydi; 

-yuqori hosil beradi.