Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Jahon kimyo sanoati xabarlari: yil oxirigacha dunyoda metanol ishlab chiqarish 2-3 million tonnaga oshadi

// 04 November 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (103.72 KB)

Argus xalqaro mustaqil narx agentligi metanolning global bozori boʻyicha tadqiqotlarini eʼlon qildi. Hujjatda keltirilishicha, metanol bozorida 2024-yil uchun ko'rsatkichlar ancha ijobiy. Kompaniya yil oxiriga borib talab yiliga 2-3 million tonnaga oshib, yillik hisob-kitob 91,3 million tonnagacha yetishini prognoz qilmoqda. 2025-2026-yillarda yangi quvvatlar ishga tushirilishi hisobiga ishlab chiqarish hajmi ortadi. 

Tadqiqotga koʻra, Xitoyni hisobga olmaganda, 2020-yilda butun dunyoda metanolga boʻlgan talab 86,3 million tonnagacha qisqargan, 2021-yilda esa 87,8 million tonnaga yetgan. 2022-yilda koʻrsatkichlar yana millionga oshib, 88,8 million tonnani tashkil etgan. 2023-yilda ishlab chiqarish hajmi deyarli oʻzgarmagan, 2024-yilda esa sezilarli darajada oʻsgan. 

Maʼlum boʻlishicha, talabning deyarli 50 foizi formaldegid, sirka kislotasi va MMA ishlab chiqarishga toʻgʻri keladi. Taxminan 35 foizi oziq-ovqat va yoqilgʻi ishlab chiqarishga sarflanadi. Qolgan 15 foizi MTO (methanol-to-olefins) sektorida ishlatiladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati