Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Jahon kimyo sanoati xabarlari: dunyo aerogel bozori 2029-yilga kelib 1,6 mlrd dollarga yetishi mumkin

// 29 October 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (72.52 KB)

MarketsandMarkets nashri xabar berishicha, 2029-yilda  aerogel bozorining yillik oʻsish surʼati (CAGR) 1,6 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. 

Bunga texnologik innovatsiyalar va energiyasamaradorlikni oshirish yo'lidagi qatʼiy choralar sabab boʻlishi mumkin. 

Aerogel issiqlikni mukammal saqlaydi. Bu neft va gaz sanoatida energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi va aviatsiya hamda avtomobil ishlab chiqarishda samaradorlikni oshiradi. Aerogel, shuningdek, shovqin izolyatsiyasini yaxshi taʼminlaydi va yuqori haroratga bardosh bera oladi.

Xabarda keltirilishicha, jahon aerogel bozorida hajmi boʻyicha Osiyo-Tinch okeani mintaqasi ikkinchi oʻrinni qayd etmoqda. Bu bozor, ayniqsa, yangi texnologiyalar faol joriy etilayotgan Xitoyda rivojlangan. 

Sanoatlashtirishning jadal oʻsishi, urbanizatsiya va energiya tejovchi texnologiyalarga ehtiyoj ortib borayotgani mintaqada aerogellarga boʻlgan talabni kuchaytirmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati