Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Inson sochidan ham yupqa plyonka elektromagnit toʻlqinlarning 99,9999999 foizdan ortigʻini toʻsib qoladi

// 25 September 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (270.12 KB)

Janubiy Koreya olimlari qalinligi atigi 17,5 mikrometr boʻlgan egiluvchan kompozit plyonkani ishlab chiqdi. Bu inson sochidan bir necha barobar yupqa boʻlib, material tadqiq qilingan diapazonlardagi elektromagnit nurlanishning 99,9999999 foizdan ortigʻini toʻsib qolish bilan birga, satxning issiqlik infraqizil nurlanishini ham kamaytiradi.
 
KIMS va KIST mutaxassislari tomonidan yaratilgan plyonka uglerod nanonaychalari va ikki oʻlchamli MXene materiali asosida tayyorlangan. Plyonka 9236 S/sm elektr oʻtkazuvchanlik va 1,02 GPa gacha boʻlgan uzilishdagi mustahkamlik koʻrsatkichlarini namoyon etgan. Shuningdek, u yuqori harorat, namlik va koʻp marta deformatsiya taʼsirida ham oʻz xususiyatlarini saqlab qolgan.
 
Texnologiyadan aerokosmik texnikada, elektronikani elektromagnit taʼsirlardan himoya qilishda, 5G va 6G tizimlarida, olib yuriladigan elektronika hamda ixcham qurilmalarda foydalanish mumkin. Ayni paytda texnologiya laboratoriya sinovlari bosqichida boʻlib, uni real yirik tizimlarda qoʻllash uchun qoʻshimcha tadqiqotlar va sinovlar talab etiladi.