Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Inson qadri uchun: “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan biriktirilgan hududlarda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda

// 29 September 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.29 MB)

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJga biriktirilgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi “Obod”, “Bozortepa”, “Ayridevol” va “Chashmaimiron” mahallalarida aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

2025 yilda davomida mazkur mahallalarda:

  • 469 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi;
  • jami 39 ta mikroloyiha amalga oshirildi.

Mahallalarning ichki infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar nazorat qilindi. Aniqlangan muammolar bo‘yicha mutasaddilarga taklif-tavsiyalar berildi.

Ahamiyatlisi, “Chashmaimiron” mahallasini sugʻorish tizimi bilan ta’minlash maqsadida Jamiyat homiyligida 2 ta quduq qazilib, natijada 70 ga yaqin xonadon o‘z tomorqasidan unumli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Sentabr oyida ushbu quduqlar aholiga foydalanish uchun topshirildi.

Mazkur amaliy ishlar aholining iqtisodiy faolligini oshirish, o‘ziga ish o‘rin yaratish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati