Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Innovatsion loyihalarni amalga oshirish salohiyati tahlil qilindi

// 08 August 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (852.57 KB)

 

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, xususan, kimyo sanoatida innovatsiya va resurslarni maqbullashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonda yuqori talabga ega va istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish borasida amaliy harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish boʻlimi mutaxassislari tomonidan "Ammofos-Maxam" aksiyadorlik jamiyatiga amaliy tashrif uyushtirildi. 

Tashrif doirasida korxonaning laboratoriya imkoniyatlari oʻrganilib, uning yangi innovatsion loyihalar doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish salohiyati tahlil qilindi.

Mutaxassislar korxonaning ilmiy tahlil ishlarini mustaqil ravishda bajarish qobiliyatiga ega ekanligini qayd etib, kelgusida koʻproq innovatsion loyihalarni joriy etish masalasiga alohida eʼtibor qaratishdi.

Tashrif doirasida, shuningdek, “Ammofos”–2 sexi faoliyati ham koʻzdan kechirilib, ushbu ishlab chiqarish maydonida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yangi loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, “Ammofos-Maxam” AJ hududida joylashgan, kuniga 200 tonna sulfat kislota ishlab chiqarish quvvatiga ega “ALMALYK SULPHURIC ACID” MCHJda ham mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Bunday amaliy uchrashuv va tahlillar kimyo sanoati korxonalarida innovatsion yutuqlarni keng joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar turini kengaytirishga xizmat qiladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati