Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aktsiyadorlik jamiyatiga press-tur tashkil etildi

// 30 September 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (793.86 KB)

“Oʼzkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Fargʼona viloyatidagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Press-tur avvalida ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirokida “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati yuzasidan taqdimot oʼtkazildi. Taqdimotdan soʼng jurnalistlar korxona va uning qoshida tashkil etilgan laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Korxona 1935 yilda “Qoʼqon superfosfat zavodi” nomi ostida Qizilqum fosforit kombinatining “Toshqura” konidagi fosforitlardan mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarish maqsadida tashkil qilingan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga asosan “Qoʼqon superfosfat zavodi” aktsiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi 95,5 foiz ulushi Singapurning “Indorama Holdings BV” kompaniyasiga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan sotildi.

2019-2020-yillarda xorijiy investor “Indorama Holdings BV” kompaniyasi tomonidan “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali toʼliq modernizatsiya qilish ishlari olib borildi. Bu ishlar natijasida ishlab chiqarish quvvati yiliga 75 000 tonnadan 350 000 tonnaga yetkazildi. Shuningdek, Ispaniya, АQSh, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy davlatlarining yetakchi kompaniyalaridan zamonaviy uskunalar olib kelib oʼrnatildi. Аyni kunlarda qishloq xoʼjaligi sohasi uchun sifatli mineral oʼgʼit ishlab chiqarilmoqda.

Joriy yil fevral-sentabr oylarida ishlab chiqarish 100 000 tonnani tashkil qildi. Umumiy 170 mlrd. soʼmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Shu davrda jami 15 000 tonnaga yaqin mahsulot eksport qilindi. 2,7 million dollarlik mahsulot Qozogʼiston, Turkmaniston, Tojikiston, Аfgʼoniston, Rossiya, Ukrainaga eksport qilindi.

2021 yil yakuniga qadar yangi azot-fosfor-kaliyli (NPK) kompleks mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyilishi rejalashtirilgan. Hozirda loyiha ishlari yakunlanib, qurilish-montaj ishlari jadal davom ettirilmoqda. Loyiha quvvati yiliga 150 ming tonna boʼlib, investitsiya miqdori 10 million АQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, suvda tez eruvchan oʼgʼitlarni ishlab chiqarish ham koʼzda tutilmoqda.

Press-tur soʼnggida jurnalistlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Oʼzkimyosanoat” АJ Matbuot xizmati