Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Ilm-fan sohasidagi hamkorlik

// 12 March 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (35.24 MB)

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida rus olimi D.I.Mendeleyev tavalludining 190 yilligiga bagʻishlangan “Rossiya ilm-fan kunlari” dasturi oʻz ishini boshladi. 

100 dan ortiq olimlar va tadqiqotchilar jumladan, Rossiya OTM Oʻzbekistondagi filiallari talabalari ilm-fan va texnologiya sohasidagi soʻnggi yutuqlarga bagʻishlangan qiziqarli maʼruzalar va suhbatlarga guvoh boʻlishdi. Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish, ilmiy suhbatlar qilish imkoni yaratildi. 

Tadbirda tadqiqotchilar va talaba yoshlar ikki mamlakat aholisining hayot sifatini yaxshilash boʻyicha ilgʻor tadqiqot va ishlanmalarga bagʻishlangan maʼruzalar ham boʻldi. Yaqin kelajakda amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi mumkin boʻlgan tibbiyot, kimyo va yadro texnologiyalari sohasidagi texnologik muammolar va ilmiy yechimlarni muhokama qilishdi.

Shu bilan birga ishtirokchilarga  “FANK. Dunyoni oʻzgartiruvchi gʻoyalar va texnologiyalar” nomli ilmiy film namoyish etildi. Filmda tibbiyot, termoyadro energetikasi, gumanitar fanlar va ekologiya sohalaridagi tadqiqotlar va ularning ahamiyati oʻz aksini topgan. Tadbirning ikkinchi kunida talaba-yoshlar oʻzlarining ilmiy izlanishlarini taqdimot qilishadi va “Laboratoriya hamma uchun!” maʼrifiy tadbiri taqdim etiladi. Yoshlar fizika, kimyo va biologiya boʻyicha bilimlari orqali oʻz gʻoyalarini sinab koʻrishlari mumkin boʻladi.