
“O‘zkimyosanoat“ AJ mutaxassislari “Ammofos-Maxam“ AJ vakillari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida mineral o‘g‘itlar zaxirasi holatini o‘rgandi.
Monitoring davomida ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan vakolatli omborlardagi mineral o‘g‘itlar zaxirasi, ularning saqlanish holati hamda fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi. Joylarda fosforli mineral o‘g‘itlar amaldagi talablarga muvofiq saqlanayotgani aniqlandi.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklarining mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, ularni birja orqali xarid qilish va hududlardagi mavjud zaxiralardan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
Monitoring ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi mas’ullari bilan hamkorlikda amalga oshirilib, g‘alla ekish ishlarini belgilangan muddatlarda tashkil etish uchun mineral o‘g‘itlar ta’minotini uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.