Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Hududiy sanoat salohiyatini oshirish — kimyo tarmogʻida ustuvor yoʻnalish

// 28 February 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (3.52 MB)

 

2026-yilda respublika hududlarida mahalliy korxonalar tomonidan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining topshirigʻiga muvofiq, manzilli roʻyxatga kiritilgan loyihalarining ijrosini joyiga chiqqan holda oʻrganish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruh aʼzolari bevosita hududlarda boʻlib, kimyo sanoati korxonalari faoliyatini oʻrganmoqda. Xususan, Namangan, Andijon, Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo hamda Navoiy viloyati hududlaridagi kimyo sanoati korxonalariga tashriflar amalga oshirildi.

Oʻrganishlar davomida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, xomashyo taʼminoti barqarorligi, texnologik jarayonlarning samaradorligi hamda mahsulot turlarini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, hududlarda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va texnik yangilanish ishlari ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Ayni paytda import oʻrnini bosuvchi yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish, mahalliylashtirish darajasini koʻtarish va ichki bozor ehtiyojini toʻliq qondirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Ishchi guruh tomonidan har bir korxona kesimida mavjud muammolar, infratuzilma masalalari va qoʻshimcha imkoniyatlar yuzasidan aniq takliflar tayyorlanmoqda. Bu esa loyihalar ijrosini jadallashtirish va aniq natijalarga erishishga xizmat qiladi.