Ushbu tanlov gender tenglikni ta’minlash sohasida yuqori natijalarga erishgan, ushbu yo‘nalishda jamiyat rivoji yo‘lida tashabbus ko‘rsatayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, o‘z sohasida tegishli yo‘nalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan idora va tashkilotlar, nodavlat-notijorat tashkilotlari, hokimliklar, tadbirkorlik subyektlari qatnashdi.
Xususan, "Maxam-Chirchiq" AJ faol ishtiroki uchun “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol shahar, davlat organi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi va respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi.
Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati