Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Garvard olimlari atmosferadan karbonat angidridni tezroq chiqarib tashlash uchun bakteriyalar yaratdi

// 22 September 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (132.99 KB)

Garvard universiteti va Stenford Doerr barqaror rivojlanish maktabi olimlari minerallarning tabiiy yemirilish jarayonini tezlashtirish va atmosferadagi karbonat angidridni bogʻlash maqsadida dengiz bakteriyasini genetik jihatdan modifikatsiya qildi. Texnologiya asosida silikatli mineral boʻlgan olivinning erishi jarayoni yotadi. Olivin suv va havo bilan oʻzaro taʼsirlashganda atmosferadagi CO₂ ni yutib, uni bikarbonatga aylantiradi.

Biroq jarayonda hosil boʻlgan temir oksidlanib, mineral yuzasida zang qatlamini hosil qiladi va uning keyingi yemirilishini sekinlashtiradi. Ayrim bakteriyalar sideroforlar — temirni bogʻlab, uni mineral yuzasidan ajratib olishga yordam beradigan molekulalarni ishlab chiqaradi.
Tadqiqotchilar A. macleodii bakbarqaror rivojlanish teriyasini temir konsentratsiyasidan qatʼi nazar, doimiy ravishda sideroforlar ishlab chiqaradigan qilib oʻzgartirdilar.  Olivin va dengiz suvi solingan laboratoriya bioreaktorlarida genetik jihatdan modifikatsiyalangan mikroorganizmlar mineralning erish tezligini 2,6 barobarga oshirdi. Tajriba davomida tizim sutkasiga taxminan 0,5 gramm CO₂ ni atmosferadan chiqardi. Tadqiqotchilarning fikricha, eksperiment sintetik biologiya yordamida uglerodni chiqarib tashlashning tabiiy jarayonlarini tezlashtirish imkoniyatini namoyish etdi.

Texnologiyani keng miqyosda qoʻllash variantlaridan biri modifikatsiyalangan bakteriyalarni dengiz suvi oʻtkaziladigan yirik havzalarda yetishtirish boʻlishi mumkin.  Shu bilan birga, mutaxassislar texnologiyani sanoat miqyosida joriy etishdan oldin uning ekologik oqibatlari, resurslarga boʻlgan ehtiyoji va xavfsizligini har tomonlama baholash zarurligini taʼkidlamoqda.