Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O`zkimyosanoat” AJda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo`yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida davra suhbati bo`lib o`tdi

// 20 July 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (464.62 KB)

“O`zkimyosanoat” AJda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo`yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida davra suhbati  bo`lib o`tdi. Unda soha mutaxassislari tomonidan yong’in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

"Dolzarb 30 kun" tadbiri orqali:

Hamyurtlarimizning yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalasiga boʻlgan munosabatini ijobiy tomonga oʻzgartirish, fuqarolarda shaxsiy mulkini yongʻindan asrash boʻyicha immunitet hosil qilish, har bir fuqaroga yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha boshlangʻich bilimlarni singdirish, har bir fuqaroni oʻt oʻchirishning birlamchi vositalaridan foydalana olishga oʻrgatish hamda iqtisodiy ahamiyatga ega va favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori boʻlgan, shuningdek, odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarning yongʻin xavfsizligini talab darajasiga keltirishga erishish maqsad qilingan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati