Germaniyaning Biophelion startapi Aureobasidium pullulans nomli xamirturushga oʻxshash qora zamburugʻ yordamida plastik chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha yangi texnologiyani taklif qildi. Ushbu zamburugʻ turli muhit sharoitida yashay oladi va eng muhimi, keng turdagi organik birikmalarni parchalash qobiliyatiga ega.
Qizigʻi shundaki, bu zamburugʻ plastikni shunchaki yoʻq qilmaydi, balki uni yangi materiallar ishlab chiqarishga yaroqli qimmatli birikmalarga aylantiradi. Tadqiqotchilar undan xususan, uchta mahsulot ajratib olishdi.
Masalan pullulan — taʼmsiz va yeyiladigan polimer boʻlib, oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarga hajm va tuzilma berish uchun qoʻshimcha sifatida hamda ogʻiz hidini tarkatuvchi plyonkalar va dorilar uchun vegetarian kapsulalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.Poliester esa qadoqlash mayetriallari ishlab chiqarishga toʻgʻri keladigan polimer hisobalanadi. Kam maʼlum boʻlgan yuzaga taʼsir qiluvchi molekulani 3D-bosma texnologiyasida va sunʼiy yuza faol moddalarga ekologik muqobil sifatida kir yuvish vositalari va maishiy kimyo mahsulotlarida ishlatish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, zamburugʻ plastik chiqindilar tarkibidagi qoldiq uglerod gazini (CO₂) ham oʻzlashtiradi va uni oʻsishi uchun energiya manbasi sifatida ishlatadi. Shu tariqa, u uglerod gazining atmosferaga chiqishini oldini oladi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati