Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Forum ishtirokchilari sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldi

// 09 June 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (42.99 MB)

III Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi doirasida ishtirokchilar uchun sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.



Tadbirda AI yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan ekspertlar tomonidan sun’iy intellektning bugungi kundagi imkoniyatlari, uning ishlab chiqarish va ta’lim tizimlaridagi ahamiyati, ma’lumotlarni tahlil qilishdagi o‘rni hamda mehnat unumdorligini oshirishga qo‘shayotgan hissasi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Seminar davomida ChatGPT va boshqa zamonaviy AI vositalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga kontent yaratish, taqdimotlar tayyorlash, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash hamda innovatsion tashabbuslarni rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.



Interaktiv formatda tashkil etilgan mashg‘ulot davomida qatnashchilar mutaxassislar bilan ochiq muloqot olib borib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarining istiqbollari va ularni turli sohalarda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.



Mazkur seminar-trening yosh mutaxassislarning raqamli savodxonligini oshirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.