Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Fan va ishlab chiqarish hamkorligi: dolzarb muammolar va amaliy yechimlar

// 24 December 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (149.47 KB)

Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish, qolaversa, importni maqbullashtirish imkonini beradigan muhim omil.

Shu maʼnoda “Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan doimiy hamkorlik qilib kelmoqda. 

Jamiyatda boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuvda ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan muammolarni hal etish yuzasidan fikr almashildi. Xususan, texnik suvlar tarkibidagi sulfat ionlarini tozalash, fosfogipsni qayta ishlash hamda import qilinadigan terpen moylarining muqobilini ishlab chiqish kabi bir qator masalalar tahlil qilindi. Shu bilan birga tarmoq korxonalarida  istiqbolli loyihalarni amaliyotga tadbiq etish, nazariyani amaliyot bilan uygʻunlashtirish, innovatsion tadqiqotlar olib borishga ham eʼtibor qaratildi.