Bugun korxonada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun- mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda “UzGasTrade” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari hamda korxona ishlab chiqarish sexlari boshliqlari va energetiklari ishtirok etishdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-iyunda qabul qilingan PQ-222-sonli qarorida belgilangan vazifalar, kimyo korxonalarida elektr energiyasini tejash, energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirlgan ishlar hamda kelgusi rejalarga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida korxonada elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik choralarini ko‘rish, kuz-qish mavsumida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar xususida so‘z bordi.
“Maxam-Chirchiq”AJ Matbuot xizmati