Sanoat korxonalari faoliyatining barqarorligi bevosita energiyani tejash va samaradorligini oshirish usullarining joriy etilganiga bogʻliq.
Mazkur yoʻnalishda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining 2024-2025-yil kuz-qish mavsumi davomida barqaror ishlashi va Energetika xavfsizligi darajasini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirish, yoqilgʻi-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish evaziga energiya samaradorligini oshirish choralari koʻrilmoqda.
Xususan, “Oʻzkimyosanoat” AJ bosh energetigi Farhod Boboyev jamiyatning Navoiy viloyatida joylashgan sanoat korxonalari -“Navoiyazot” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ da Energetika xavfsizligi oyligi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi bevosita tahlil qildi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, joriy yilning sentabr-noyabr oylarida “Oʻzkimyosanoat” AJ boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishi hisobiga 133,1 mln m3 tabiiy gaz va 182,3 mln kVt elektr energiyasi iqtisod qilindi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati