Agar siz bakalavr yoki magistratura talabasi bo'lsangiz va kimyo sohasida o'zingizni isbotlamoqchi bo'lsangiz, sizni Kimyo Girls Respublika olimpiadasida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ishtirok etish shartlari:
Kimyo Girls Respublika olimpiadasida Respublikamizda ta'lim oluvchi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Ro'yxatdan o'tish jarayonini yakunlash uchun ishtirokchilar kimyo sohasidagi loyihalarining tavsifini taqdim etishlari kerak.
Tanlov bosqichlari:
1-bosqich
Fevral oyida tumanlarda (shaharlarda) o'tkaziladi va 2-bosqichga eng yuqori natijalarga erishgan 50 nafar nomzod o'tadi
2-bosqich
Mart oyining boshida eng yaxshi 15 nomzod keyingi bosqichga yo'llanma oladi
3-bosqich
Mart oyida bo'lib o'tadi va 5 ishtirokchidan iborat 3 ta jamoa o'z loyihalarini himoya qiladi
Ro'yхatdan o'tish muddati: 19.02.2024