Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Do‘stona uchrashuv

// 16 April 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (694.22 KB)

Bugun, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ hamda “Navoiyazot” AJ yoshlari bilan o‘zaro do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehnat xavfsizligi yo‘riqnomasidan so‘ng mehmonlar “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tarkibiy bo‘linmalari faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqishdi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi borasida mulohazalar yuritildi.

Shuningdek, tarmoq korxona yoshlari o‘rtasida kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish, kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan taklif, tajriba va g‘oyalar almashildi. Yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuv qiziqarli va yangiliklarga boy bo‘ldi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati