
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi “Dolzarb 40 kun” tadbirlari hamda “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” dasturi asosida Dehqonobod tumanining “Bozortepa“ va “Obod“ mahallalarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Obodonlashtirish bilan bir qatorda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullari tomonidan aholi tomorqalari va ijara yer maydonlaridan foydalanish holati oʻrganilib, sugʻorish tizimlarini takomillashtirish, elektr taʼminotini yaxshilash hamda amalga oshirilgan loyihalar samaradorligi tahlil qilinmoqda.

Bu kabi yumushlar mahallalarning obod qiyofasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar mahallalarning obod qiyofasini yanada koʻrkamlashtirib, aholi uchun qulay yashash muhitini shakllantirmoqda.
Bu ezgu tashabbuslar Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib tarzda nishonlashga tadorikdir.