Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Dehqonobod tumanidagi mahallalarida amaliy ishlar ijrosi oʻrganildi

// 07 May 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (893.34 KB)

Joriy yilning  5-6-may kunlari “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisiga biriktirilgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi “Obod”, “Bozortepa”, “Ayridevol” va “Chashmaimiron” mahallalarida Jamiyat boshqaruv raisining maslahatchisi S. Abduraxmanova tomonidan yoʻl xaritasida belgilangan amaliy ishlar ijrosi oʻrganildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilayotgan ushbu chora-tadbirlarda mazkur mahallalarda joylashgan ijtimoiy obyektlar koʻzdan kechirilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko'riladigan bo'ldi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati