Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Dehqonobod tumanida roʻyxatga olish ishlari jadal davom etmoqda

// 27 January 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.42 MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosi doirasida Dehqonobod tumanida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlari izchil hamda yuqori surʼatlarda amalga oshirilmoqda. 

Jarayonni samarali tashkil etish, ayniqsa, fuqarolarning onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtishini osonlashtirish va qamrovni kengaytirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman hokimligi, “Oʻzkimyosanoat” AJning masʼul xodimlari hamda tuman statistika boʻlimi mutaxassislari ishtirokida markaziy shtab faoliyati tashkil etilgan. Shtabda har kuni amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar yuzasidan muhokamalar oʻtkazilmoqda, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda. Shu bilan birga, masʼul xodimlar va fuqarolarga roʻyxatdan oʻtish jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Joylarda olib borilayotgan targʻibot va tushuntirish ishlari ham jarayon samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan mahallalarga chiqib, aholi bilan bevosita uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Xususan, “Zavqiy”, “Paxtachi”, “Tepaguzar”, “Qoʻrgʻontosh” hamda “Togʻaytemir” mahallalarida oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga roʻyxatga olish tartibi, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati atroflicha tushuntirilmoqda. 

Shuningdek, onlayn platformadan foydalanish boʻyicha amaliy koʻrsatmalar va maslahatlar berilmoqda.Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri mamlakatning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilashda muhim axborot manbai hisoblanadi. 

Shu bois, Dehqonobod tumanida mazkur jarayonlarni uyushqoqlik, aniqlik va yuksak masʼuliyat asosida tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.