Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Mahallalarda tomorqalardan unumli foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi F-18-sonli farmoyishiga asosan 2025-yil 11-martdan respublikamizda “Dolzarb bir oylik” safarbarligi eʼlon qilindi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati va masʼullaridan iborat ishchi guruhi hududlarda oʻrganish ishlarini amalga oshirmoqda.
Jumladan, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov hamrohligida tuman mahallalarida oʻrganish ishlarini olib bordi.
Mahallalardagi ijtimoiy obyektlar koʻzdan kechirilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati