Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan seminar

// 22 September 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (33.66 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-seminar tashkil etildi.
Unda “O‘zkimyosanoat” AJ mutaxassislari, tarmoq korxonalari, oliy ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Prezident nutqida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslar hamda ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida xodimlarga maʼlumot berildi.
Shuningdek, mazkur vazifalarning aholi farovonligini taʼminlash, yurtimizda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada mustahkamlash va jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi oʻrni xususida fikr yuritildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, nutqda belgilangan vazifalardan kelib chiqadigan muhim jihatlar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.