Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

// 31 October 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (555.1 KB)

Joriy yilning 31-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 595-son qarori ijrosini taʻminlash hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Odil Temirov raisligida oʻtgan yigʻilishda Jamiyatning barcha departament, boshqarma va boʻlim boshliqlari hamda tizim korxonalari rahbar va masʻullari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 595-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida qabul qilingan “Oʻzkimyosanoat” AJning 2022-yil 25-oktabrdagi “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Odob-axloq komissiyasini tuzish hamda xodimlarning xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini taʻminlash toʻgʻrisida” 161-son buyrugʻi barchaga oʻqib eshittirildi.

Shu bilan birga, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy va tahliliy muhokama qilindi.

Kun tartibidagi koʻtarilgan masalalar yuzasidan qilinishi lozim boʻlgan tizimli chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati