Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

D.I.Mendeleyev nomidagi RKTUning Toshkent shahridagi filialida kirish imtihonlari boʻlib oʻtdi

// 19 August 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (35.77 MB)

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filialida 2024-2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari boʻlib oʻtdi. 

Bugun abituriyentlar rus tili fani boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Kimyo va informatika fanlari boʻyicha imtihonlar 22-23-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, mazkur OTMda 500dan ortiq boʻlajak kimyogarlar tahsil olmoqda. Taʼlim kunduzgi va sirtqi shaklda olib boriladi. 73 nafar professor-oʻqituvchilar yoshlarga sifatli taʼlim berishmoqda. Bakalavriat – 8 ta, magistratura – 2 ta, ixtisoslashgan mutaxassisliklar boʻyicha 2 ta taʼlim yoʻnalishlari mavjud. 

2024-2025 oʻquv yilida– pedagogika, farmatsiya, yadroviy yoqilgʻi sikli materialining kimyoviy texnologiyasi, yuqori molekulyar birikmalarning kimyoviy texnologiyasi kabi yana 4 ta yangi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ham qabul boʻlib oʻtdi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati