Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

D.I.Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filiali talabasi “Uzbekistan GTL” stipendiyasi sohibasi bo'ldi

// 24 January 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (729.26 KB)

D.I.Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filiali talabasi “Uzbekistan GTL” stipendiyasi sohibasi bo'ldi.

23-yanvar kuni “Uzbekistan GTL” stipendiya dasturi goʻliblarini taqdirlash marosimi boʻldi. Ahamiyatlisi, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent filiali 3-bosqich talabasi Durdona Muxtorxoʻjayeva “Texnologiyalar” yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan GTL” stipendiyasi sohibasi  boʻldi. 

Universitetning 3-bosqich talabasi Zuhra Mahkamova, 4-bosqich talabalari Aliya Tagayeva va Muhammad Akromovlarning  tanlovdagi faol ishtiroki alohida e'tirof etildi. Ularga “Uzbekistan GTL” zavodida amaliyot oʻtash imkoniyati beriladi. 

“O‘zkimyosanoat” AJ D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent filiali talabalarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilaydi.