Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Curiosity marsoxodi Mars sayyorasida juda uzun zanjirli organik molekulalarni topdi

// 21 May 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (255.19 KB)

NASAning Curiosity marsaxodi Mars yuzasida hozirgacha aniqlangan eng uzun zanjirli organik molekulalar mavjudligini aniqladi. NASA tomonidan yaqinda eʼlon qilingan hisobotda bir paytlar koʻl boʻlgan Geyl krateridagi Kumberlend deb nomlangan choʻqqidan olingan tosh namunasi tahlili haqida soʻz boradi.

Tadqiqotda marsoxodga oʻrnatilgan oʻziga xos kimyoviy laboratoriyadagi SAM (Sample Analysis at Mars) uskunasidan foydalanildi. Uning yordamida esa  toʻplangan materialning termokimyoviy tahlili oʻtkazildi. Namunani isitish orqali tadqiqotchilar uchta organik molekula bilan bogʻliq signallarni aniqlashgan: dekan, undekan va dodekan. 

Bular uzun zanjirli alkanlar, yaʼni faqat uzun chiziqli ketma-ketlikda joylashgan uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan molekulalardir.

Maʼlumki, Yerda bu molekulalar hujayra membranalarining muhim tarkibiy qismlari boʻlgan yogʻ kislotalari parchalanishining qoʻshimcha mahsuloti sifatida uchraydi. 

Ularning Marsda aniqlanishi biologik kelib chiqishini anglatmaydi, balki sayyorada barqaror suyuq suv uchun qulay sharoitlar mavjud boʻlgan davrda ibtidoiy Mars muhiti erishgan kimyoviy murakkablikning muhim dalilidir.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati