Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

"Chirchiq" texnoparki rezidenti ekologik aksiya o‘tkazdi

// 15 October 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.49 MB)

 


"Chirchiq" texnoparki rezidenti BCG GROUP Oz (Grass) kompaniyasi daraxt ekish bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazdi

"Chirchiq" texnoparki rezidenti bo‘lgan BCG GROUP Oz (Grass) korxonasi hududni ko‘kalamzorlashtirish va atrof-muhit holatini yaxshilashga qaratilgan ekologik aksiya tashkil etdi.

Aksiya doirasida korxona xodimlari daraxt ko‘chatlarini ekdilar. Kelgusida ushbu yashil daraxtzorlar chang tarqalishini kamaytirish, havo sifatini yaxshilash va hududda yanada qulay mikroiqlim yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlari texnopark hududini yanada obod va qulay maskanga aylantirishga yordam beradi.

Bunday ekologik tashabbuslar atrof-muhitni asrash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash va ishlab chiqarish obyektlari hududida qulay ekologik sharoit yaratishga xizmat qiladi.