Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Chirchiq kimyo industrial texnoparkida yangi ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi

// 14 November 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (25.27 MB)

Joriy yilning 13-noyabr kuni Chirchiq kimyo industrial texnoparkida BCG kompaniyasi mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Korxonada GRASS brendining avtokimyo, avtokosmetika sohalari uchun professional hamda maishiy tozalik vositalari ishlab chiqariladi.  

Shuningdek, loyiha doirasida 100 dan ortiq ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan. Ayni paytda 40 dan ortiq mahalliy aholi ish bilan taʼminlandi. 

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston kabi qoʻshni mamlakatlarga eksport qilinishi  rejalashtirilmoqda. 

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati