Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida yana bir rezident oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻydi

// 18 February 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (45.37 MB)

Joriy yilning 18-fevral kuni “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida “Kmita Polymers” korxonasi ishlab chiqarish majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Yevgeniy Korjikov, “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki rahbariyati, “Kmita Polymers” korxonasi bosh direktori, ishchi-xodimlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.


        
“Kmita Polymers” korxonasi Rossiya Federatsiyasining “Polymers” kompaniyasi negizida tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekistonda import oʻrnini bosuvchi yangi turdagi maxsus polimer plyonkalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
        
Bugungi kunda loyiha doirasida 15,0 mln AQSh dollari qiymatidagi toʼgʼridan-toʼgʼri horijiy investitsiyalar oʼzlashtirildi va dastlabki bosqichda 50 ta yangi ish oʼrni yaratildi. Loyihaning navbatdagi bosqichlari ishga tushirilishi bilan ish oʼrinlari soni 110 nafarga yetadi. Bu bilan mamlakatimizda maxsus polimer termousadkali choʼziluvchan plyonka kabi bir qator yuqori qoʼshilgan qiymatga yega mahsulotlar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi. 

Yangi korxona 6 ta ishlab chiqarish liniyasiga moʼljallangan boʼlib, oyiga 1500 tonnagacha tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Bunda guruhli qadoqlashdan tortib, qishloq xoʼjaligi, himoya va oziq-ovqat sanoatining murakkab plyonkalarigacha boʼlgan keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Korxonaning ishga tushirilishi Markaziy Osiyo mintaqasida qadoqlash sanoatini rivojlantirishiga muhim hissa qoʻshadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati