9-oktyabr kuni "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida shahar aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi
"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki fuqarolarni ochiq muloqotga taklif etadi. Tadbir aholi va texnopark rahbariyati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot maydoniga aylanadi.
Uchrashuv davomida mehmonlar texnopark faoliyati, uning rivojlanish istiqbollari, bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar yuzasidan javob olishlari mumkin.
Sana: 9-oktyabr
O‘tkazilish joyi: "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki, V. Haydarov ko‘chasi, 1A-uy.
Barchani ochiq muloqotda ishtirok etishga taklif etamiz.
Tadbirga kelishda ID-pasportingizni o‘zingiz bilan olib kelishingiz so‘raladi.