"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki rezidentlari Farg‘ona shahrida bo'lib o'tayotgan tarmoqlararo sanoat yarmarkasida o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
Farg‘ona shahridagi Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan "Tarmoqlararo hududiy sanoat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.
"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki rezidentlari - DHMT GLOBAL, ELEMERT, BCG GROUP, EASY860, NOVOPLAST, CHIRCHIK CHEMICAL QUALITY, BIONOVATIC, RHODIUM POLYMER, ZDRAVMEDTEX AZIYA o‘z loyihalarini, sanoat yechimlarini taqdim etib, kimyo sanoati sohasidagi so‘nggi yutuqlarni namoyish etdi.
Yarmarka turli tarmoq korxonalari o‘rtasida tajriba almashish, hududlararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va yangi hamkorlar topish uchun platformaga aylandi.