Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ da OAV vakillari uchun press-tur boʻlib oʻtdi

// 13 December 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (937.74 KB)

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ da OAV vakillari uchun press-tur boʻlib oʻtdi.

Unda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 30 ga yaqin OAV vakillari va blogerlar ishtirok etishdi. Avvalo, mehmonlarga zavod hududida texnik xavfsizlik qoidalari tushuntirilib, maxsus videorolik namoyish etildi. Jurnalistlar Dehqonobod kaliy zavodi AJ tarkibiy tuzilmalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 

Shuningdek,  ular kaliy oʻgʻiti 1-sexida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlariga guvoh boʻlishdi.  Zavod markaziy laboratoriyasi faoliyatini koʻzdan kechirishdi. 

Jurnalistlar va blogerlarga korxona mas’ullari tomonidan mazkur yilda qilingan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi yilda amalga oshiriladigan rejalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.  

OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan javoblar olishdi. 

O'zkimyosanoat AJ Matbuot xizmati