Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Brifing: “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimiga 2026-yilning birinchi yarim yilligida kelib tushgan murojaatlar tahlili

// 24 July 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.35 KB)

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularni qonunchilik talablari asosida oʻz vaqtida va xolisona koʻrib chiqish hamda murojaatlarda koʻtarilgan masalalarga yechim topish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparati hamda tarmoq korxonalariga jami 1090 ta murojaat kelib tushgan.

Jumladan:

  • 452 tasi – ogʻzaki;
  • 326 tasi – yozma;
  • 312 tasi – elektron shaklda qabul qilingan.

Kelib tushgan barcha murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqildi.

Xususan:

  • 570 ta murojaat boʻyicha murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi;
  • 359 ta murojaat ijobiy hal etildi.

Mazkur natijalar murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni taʼminlash hamda koʻtarilgan masalalarni amaliy hal etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samarasini aks ettiradi.

Ijro apparatiga kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimidagi tahliliga koʻra, eng koʻp murojaatlar quyidagi hududlar hissasiga toʻgʻri kelgan:

  • Navoiy viloyati – 56 ta;
  • Toshkent viloyati – 32 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 15 ta;
  • Toshkent shahri – 11 ta;
  • boshqa hududlar va chet davlatlar – 9 ta;
  • Fargʻona viloyati – 6 ta.

Murojaatlar mazmuni tahliliga koʻra, asosiy masalalar ishga joylashish, mineral oʻgʻitlar xaridi, homiylik yordami koʻrsatish, hamkorlik masalalari, mineral oʻgʻitlar eksporti hamda boshqa yoʻnalishlarga oid murojaatlardan iborat boʻlgan.

Hisobot davrida ijro apparatiga kelib tushgan murojaatlarning 101 tasi jismoniy, 46 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan yuborilgan.

Murojaatlarni muntazam tahlil qilish, ularda koʻtarilayotgan masalalarni tizimli oʻrganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirish murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.