Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

"Botir Zokirovni xotirlab" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

// 23 November 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (237.71 KB)

Kuni-kecha "Kimyogarlar" madaniyat saroyida o'zbek estradasining asoschilaridan biri O'zbekiston xalq artisti-Botir Zokirov xotirasiga bag'ishlangan ko'rik-tanlov tashkil etildi.

Unda "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari buyuk san'atkor ijodiga mansub hamda xalqimiz sevgan kuy-qo'shiqlarni yig'ilganlar e'tiboriga havola qilishdi.

 "Botir Zokirovni xotirlab" ko'rik-tanlovi qizg'in va murosasiz kurashlarga boy bo'ldi va yakunda:

1-o'rinni-Harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'limi xodimi-J.Sugerov va Ammiakli selitra ishlab chiqarishi xodimi-G'.Umarov ;
2-o'rinni Markazlashtirilgan elektr uskunalarini ta'mirlash sexi xodimi-D.Matchanov va Ammiakli selitra ishlab chiqarishi xodimi-K.Xodjimetov;
3 -o'rin Aloqa sexi xodimasi-O.Razakova egalladi.
 
 Tadbir so'nggida g'olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbout xizmati