Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Boshqaruv raisi maslahatchisi “Maʼnaviyat fidoiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

// 09 September 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (9.36 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova “Maʼnaviyat fidoiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. 

Sanobar Abduraxmanovaning Jamiyatimiz va tizim korxonalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirgani, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgani va samarali natijalarga erishgani, shuningdek, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan munosib eʼtirof etildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Sanobar Abduraxmanovani ushbu yuksak eʼtirof bilan qutlaydi hamda kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati