Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 6-noyabr sanasidagi savdo yakunlari

// 06 November 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (530.9 KB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 6-noyabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 6-noyabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 1759,0 tonna 5049,7 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 3-noyabr kuni 3,680.4 mln so‘mlik 1,156.0 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o‘g‘itlar, superfosfat azot-fosforli o‘g‘it kabi mahsulotlar qo‘yildi. Savdoga qo‘yilgan mineral o‘g‘itlardan karbamid eng ko‘p sotilgan mahsulot bo‘lib, sotuvning 37,7 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o‘g‘itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo‘llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo‘yib boriladi.

6-noyabr kuni jami 2613,0  mln so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 3-noyabr kuni 3,996.2 mln so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, ya’ni 12,5 foizini natriy siyanid suvli eritmasi mahsuloti tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O‘zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

OzkimyosanoatAJ Matbuot xizmati