Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 4-dekabr sanasidagi savdo yakunlari

// 04 December 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (531.74 KB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 4-dekabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 4-dekabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami  1,116.0 tonna 4,411.7 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 1-dekabr kuni 10,775.2 mln so‘mlik 3,720.0 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o‘g‘itlar, superfosfat azot-fosforli o‘g‘it kabi mahsulotlar qo‘yildi. Savdoga qo‘yilgan mineral o‘g‘itlardan ammiakli selitra eng ko‘p sotilgan mahsulot bo‘lib, sotuvning 42 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o‘g‘itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo‘llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo‘yib boriladi.

4-dekabr kuni jami 35,503.1 mln so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 1-dekabr kuni 5,669.0 mln so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, ya’ni 83 foizini natriy siyanid suvli eritmasi mahsuloti tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O‘zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo‘yicha taklif va e’tirozlaringiz bo‘lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati