
2026–2035 yillarda bozorning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 17,53 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Bu haqda SNS Insider konsalting kompaniyasi prognozi ma’lumotlarida qayd etilgan.
Tadqiqotga ko‘ra, 2025 yilda bio-PP iste’molining eng yirik segmentini qadoqlash sanoati tashkil etgan bo‘lib, uning bozordagi ulushi qariyb 39 foizga teng bo‘lgan. Kelgusi 10 yilda eng yuqori o‘sish sur’atiga ega yo‘nalish avtomobilsozlik bo‘lishi mumkin.
Bio-PP ishlab chiqarish uchun xomashyo bazasining qariyb 56 foizini oziq-ovqat va nooziq-ovqat moylari ta’minlaydi. Qayta ishlash texnologiyalari orasida esa bosim ostida quyish (injeksion quyish) usuli yetakchilik qilib, uning ulushi qariyb 48 foizni tashkil etadi.
Yevropa jahon talabining 42,34 foizini shakllantirib, eng yirik mintaqaviy bozor bo‘lib qolmoqda. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Shimoliy Amerikada qayd etilishi kutilmoqda.
Biopolipropilenga bo‘lgan qiziqish uni ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi xomashyodan foydalanish, shu bilan birga an’anaviy polipropilenni qayta ishlashda qo‘llaniladigan mavjud texnologiyalar bilan moslikni saqlab qolish imkoniyati bilan bog‘liq.