Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Ammofos-Maxam” AJning mehnat faxriylari bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

// 19 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.93 MB)

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJ tizimida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.


 

Muloqotda “Ammofos-Maxam” AJning mehnat faxriylari — Suv ta’minoti va oqova sex boshlig‘i Shuxratilla Xadjayev, Modernizatsiya, mahalliylashtirish, investitsiya, innovatsiya va korporativ aloqa boshqarmasi boshlig‘i Ikrom Mamasoliyev hamda Loyiha-konstruktorlik bo‘limi boshlig‘i Erkin Xo‘jamberdiyev ishtirok etdilar.


Uchrashuvda mustaqillik yillarida kimyo sanoatida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, korxonalarda shakllangan mehnat an’analari va bugungi taraqqiyot bosqichi haqida fikr almashildi. Mehnat faxriylari o‘zlarining ko‘p yillik kasbiy tajribalari, soha rivojidagi muhim davrlar va mehnat faoliyati davomidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Suhbat davomida mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalar va yangi avlod mutaxassislarining soha taraqqiyotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.



Yoshlarga kasbiy tajribani yetkazish, mehnatga sadoqat va mas’uliyat bilan yondashish muhimligi qayd etildi.


“Uch avlod uchrashuvi” kabi tadbirlar mustaqillik yillarida erishilgan natijalarni avlodlar nigohida yana bir bor sarhisob qilish, boy mehnat tajribasini yoshlarga yetkazish va kelgusi taraqqiyot maqsadlari atrofida birlashishga xizmat qiladi.