Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Ammofos-Maxam” AJda sayyor seminar bo‘lib o‘tdi

// 02 December 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (946.72 KB)

Joriy yilning 1-dekabr kuni “Ammofos-Maxam” AJda “O'zkimyosanoat” AJ tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, matbuot xizmatlari va kasaba uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha sayyor seminar-trening o‘tkazildi. Shuningdek, seminarda korxona-tashkilot rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyati va amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Seminarda “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha rais maslahatchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar boshlang'ich kengashi raislari, kasaba uyushma qo'mitalari raislari hamda matbuot kotiblari ishtirok etdi.

Sayyor seminar-treningda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mas'ul xodimi Rustamjon Tursunov ishtirok etib, bugungi Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek zalvorli davrda davlat tiliga bo‘lgan e'tibor, uning nufuzini oshirish yo‘lida ilgari surilayotgan islohotlar haqida alohida  ta'kidladi. Shuningdek, o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, sayqal topib borgani, Birinchi va Ikkinchi Renessans davlaridagi o‘rni va ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.

Bundan tashqari, seminarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi mas'ul xodimi  Ziyoda Akbarqulova ham ishtirok etib, katta shodiyona bilan nishonlanishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 30 yilligi munosabati bilan bosh qomusimizga bag‘ishlangan nutq so‘zladi.

“O'zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmanova seminar so‘nggida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sohada olib borilgan amaliy ishlar, yutuqlar, kamchiliklar, tahlillarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan yaqin hamkorlik olib borgani, amaliy ko‘mak bergani uchun seminar ishtirokchilariga samimiy minnatdorchiligini bildirdi.