Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Ammiak ishlab chiqarishdagi xalqaro tajriba o‘rganildi

// 19 September 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (854.62 KB)

Korxona mas’ullari, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi mutaxassislari Vyetnamning Vungtau shahrida joylashgan “Phú Mỹ Fertilizer” kimyo korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Haldor Topsoe litsenziyasi asosida ammiak (NH₃) ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llaydigan majmua barqaror faoliyati bilan e’tirof etilgan. 
 
Korxonadagi qurilmalarning ishlash jarayonida atrof-muhit muhofazasiga alohida e’tibor berilib, zamonaviy texnologiyalar orqali chiqindilarni kamaytirishga harakat qilinadi. Vyetnamdagi eng yirik sanoat korxonasida ammiak ishlab chiqarishda quvvatlarni 20% ga oshirish buyicha amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari o‘rganildi, muloqot davomida xorijlik mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
 
Bir hafta davom etgan xizmat safari jamiyat mutaxassislarining xalqaro tajribani “Navoiyazot”AJda qo‘llash bo‘yicha bilim hamda mahoratlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
 
"Navoiyazot" AJ Matbuot xizmati