Buffalo universiteti mutaxassislari suv va havodan ammiak ishlab chiqarish imkonini beruvchi plazma-elektrokimyoviy reaktorni yaratishdi. Yangi texnologiya qishloq xoʻjaligidagi uglerod izini kamaytirishga va resurslari cheklangn mamlakatlar uchun oʻgʻitlarni arzonroq qilishiga yordam berishi mumkin.
Olimlar ushbu usulni ammiak sintezi uchun anʼanaviy ravishda ishlatiladigan Xaber-Bosh jarayoniga muqobil sifatida taklif qilishgan. Usul ikki bosqichdan iborat boʻlib, yuqori harorat va bosimdan foydalanishni oldini oladi va shu bilan energiya xarajatlarini kamaytiradi.
◾️Birinchi bosqich - plazma zaryadi taʼsirida nam havoning azot oksidlariga aylanishi;
◾️Ikkinchi bosqich -stabillashtirilgan azot oksididan palladiy va mis katalizatorlari yordamida ammiak olish.
Yangi uskunaning quvvati kichik boʻlishi mumkin, biroq olimlarning taʼkidlashicha, ularning ixchamligi va qayta tiklanadigan energiya manbalarida ishlash imkoniyati tufayli sanoat ammiaki cheklangan joylarda qoʻllanilishi mumkin.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati