Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Amerikalik olimlar penopolistirol oʻrniga yangi biopolimerdan foydalanishni taklif qilishmoqda

// 26 October 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (264.86 KB)

Vuds-Xoul Okeanografiya instituti tadqiqotchilari sellyuloza diatsetatining (CDA) modifikatsiya qilingan versiyasi asosida yangi turdagi bioplastikni ishlab chiqishdi. Ularning fikricha, bu material dengiz suvida shu kungacha maʼlum boʻlgan boshqa plastiklarga qaraganda tezroq parchalanadi.

Yangi plastmassaga oʻxshash polimer yogʻoch massasidan olinmoqda. Olimlar CDA tuzilishiga kichik poralarni qoʻshish uni oddiy penoplastga oʻxshashiga olib kelishini aniqlashdi, biroq bu biopolimerning parchalanish tezligini oshiradi. Sinovlar shuni koʻrsatdiki, 36 hafta ichida oʻzining massasini oʻzgarmagan holda saqlab qolgan anʼanaviy penoplastlardan farqli oʻlaroq koʻpikli CDA asl massasining 65-70% ni yoʻqotgan.  

Tadqiqot mualliflarining taʼkidlashicha, ular fundamental bilimlarini isteʼmolchilar ehtiyojlarini qondiruvchi va okeanda biologik parchalanuvchi yangi materialni yaratishga tadbiq etishgan. Mualliflarga koʻra, ishlanma barchaga maʼlum boʻlgan har qanday plastikka qaraganda tezroq, hatto qogʻozdan ham tezroq parchalanadi. 

Maʼlumotlarga koʻra, Eastman kompaniyasi allaqachon oziq-ovqat sanoatida plastik oʻrnini bosuvchi yangi materialdan roʻzgʻor idishlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati