Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi To‘lqin Zaripovning navbatdagi kollegial yig‘ilishida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy etilishi boʻyicha murojaati o‘qib eshittirildi.
Yig‘ilish davomida Komplayens xizmati rahbari O‘ktam Meyliyev korrupsiyaga qarshi kurashish va uning turlari, dolzarb muammolari yuzasidan nutq so‘zladi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” gi Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan xodimlarning, ularga aloqador shaxslarning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirish berib o‘tdi.
Muloqot so‘ngida sex va bo‘lim rahbarlariga mavzuga doir videorolik namoyish etildi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati