Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha tayyorgarlik jarayonlari yakuniy bosqichga kirdi

// 07 January 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (640.49 KB)

Xabar berib borayotganimizdek, yurtimizda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida vazirlik va idoralardan hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan oʻrganish va tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichga kirib bormoqda.

Roʻyxatga olish tadbirlari Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, joriy yilning 15-yanvaridan boshlanib, 28-fevralga qadar davom etadi.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyatining Yozyovon tumaniga biriktirilgan "Oʻzkimyosanoat" AJ masʼullari hamda mutaxassislar tuman mahalla fuqarolar yigʻinlarida hokim yordamchilari bilan uyma-uy yurib aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha oʻquv seminarlarining yakuniy bosqichlarini oʻtkazishmoqda.

Shu bilan birga mahallalardagi aholi ayniqsa, nuroniy, oqsoqollar bilan mazkur jarayonlar haqida suhbatlashildi.