Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Adabiyot va nafosat kechasi: Zulfiya xotirasiga ehtirom

// 02 March 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (27.33 MB)

RKTUning Toshkent shahridagi filialida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 111 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi adabiy kecha tashkil etildi. 

Adabiy kechada professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda universitet jamoatchiligi faol ishtirok etdi. Tadbir davomida shoira Zulfiya hayoti va serqirra ijodi, uning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni hamda ayol siymosini ulug‘lovchi, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhidagi asarlari haqida batafsil ma’ruzalar qilindi. Shoiraning sara she’rlaridan namunalar ifodali tarzda taqdim etildi

Shuningdek, kecha davomida kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar namoyish etilib, tadbir yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Talabalar tayyorlagan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Faol va tashabbuskor talaba-qizlar “O‘zkimyosanoat“ AJ tomonidan rag‘batlantirildi.

Mazkur ma’naviy tadbir yosh avlodni milliy adabiyotimizning boy merosi, ma’naviy qadriyatlarimiz va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ijodiy xazinaga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.